10Sentabrsoat 20:15
Tanishgan kunimiz
Oddiy bir kech edi. Soat 20:15 da seni birinchi marta ko‘rdim va o‘sha daqiqada hayotim o‘zgardi.
Yuragim o‘sha zahoti “shu qiz” dedi.
Hammasi bir kechada boshlangan edi...
Oddiy bir kech edi. Soat 20:15 da seni birinchi marta ko‘rdim va o‘sha daqiqada hayotim o‘zgardi.
Sakkiz kun yuragimda saqladim. To‘qqizinchi kuni chiday olmadim va bor gapni aytdim.
Birinchi marta qattiq urishib qoldik. Ikkalamiz ham xafa bo‘ldik, ikkalamiz ham jim qoldik.
Janjaldan keyin yuragimdagi hamma gapni shu gullarga joyladim. Yurak shaklidagi qizil atirgullarni senga olib keldim va biz yarashib oldik.
Urishganimizdan atigi besh kun o‘tib ZAGSga onlayn ariza topshirdik. Bir tugmani bosdik, lekin yuragimiz uchun bu eng katta qadam edi. Shunda bildikki, bizning sevgimiz har qanday janjaldan kuchli.
Seni sevuvchi ering, Asadbek